Karius Ramos tufayli finalni miya chayqalishi bilan o'tkazdi

Aslanov Jasurbek
5 iyun 2018
"Liverpul" darvozaboni Loris Karius "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi finalining (1:3) ikkinchi taymini miya chayqalishi bilan o'tkazdi.

O'yindan so'ng o'tkazilgan 30testning 26tasi ushbu tashxisni tasdiqladi.

Ikkinchi bo'limning boshida Serxio Ramos bilan to'qnashuvdan so'ng Kariusning miyasi chayqalgan edi. Bir necha daqiqadan so'ng u qo'pol xatoga yo'l qo'ydi va Karim Benzema hisobni ochdi. Bahs oxirlarida "Liverpul" darvozaboni yana xato qildi.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Sportbuzzer