Karim Benzema: “Beyl bizga ko'p sovrinlar keltiradi deb umid qilaman”

13 sen 2013, 10:59
“Real” klubi hujumchisi Karim Benzema, “Tottenxem” yarim himoyachisi Garet Beylning madridliklar klubiga o'tishini xursandchilik bilan qarshi oldi.

“U haqiqatdan ham yaxshi o'yinchi va yaxshi suhbatdosh yigit. U bizga ko'plab sovrinlarni yutishda yordam beradi deb umid qilaman.

Chempionlar ligasida biz qiyin guruhga tushib qolganmiz va bu musobaqada g'alabaga erishish uchun barchani engish kerak”, - deydi futbolchi.

Eslatib o'tamiz, “Real” bilan bir guruhda “Yuventus”, “Galatasaroy” va “Kopengagen” klublari tushgan.


Manba: sports.ru