Kapello Kannavaroning O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida fikr bildirdi

Sherzod Nurmatov
7 okt 2025
Dushanba kuni Fabio Kannavaro O'zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi sifatida e'lon qilindi.

Taniqli murabbiy Fabio Kapello euro-football.ru internet nashriga bu haqda to'xtalib o'tdi.

"Kannavaroning tayinlanishi – juda yaxshi tanlov. U katta tajribaga ega va O'zbekiston terma jamoasiga albatta yordam beradi", – dedi Kapello.

O'zbekiston MTJ kelasi yozda o'z tarixida ilk bor Jahon chempionatida ishtirok etadi. Kannavaro jamoani AQSH, Kanada va Meksika mezbonlik qiladigan turnirga tayyorlaydi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: euro-football.ru