Kapello: “JCH-2018 guruh bosqichi Rossiya uchun u qadar qiyin emas”

18 yanv 2018, 23:26
Rossiya terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Fabio Kapello Rossiya termasining JCH-2018 dagi imkoniyatlari haqida gapirdi.

“Guruh bosqichi mezbonlar uchun u qadar qiyinchilik tug'dirmaydi. Guruhda g'olib chiqish mumkin. Pley offdan qiyinroq bo'lishi aniq. Ammo bazida o'z maydoningda o'ynash bu umuman boshqa holat. Bunday paytda muhim va juda olamshumul natijalarni qayd etish mumkin. Men Rossiyaga aynan shu narsani tilayman. 

Men Rossiya termasiga muxlislik qilaman, chunki bu yerda ishlaganimda faqat yaxshi taasurotlar qolgan. Terma jamoadagi ko'pchilik futbolchilarni yaxshi bilaman.

Terma jamoa futbolchilaridan qaysi biri menga ko'proq yoqadi? Yo'q,yo'q, barcha futbolchilar menga yoqadi”, deydi italiyalik murabbiyi Rossiya terma jamoasi matbuot xizmatiga bergan videointervyusida.


Manba: championat.com