Kapello: "Gvardiola – mashhur murabbiy, lekin u o'ziga keragidan ortiq ishonadi"

Omonjon To`xtamirzayev
12 dek 2024
"Real", "Milan" va boshqa klublar sobiq murabbiyi Fabio Kapello "Manchester Siti" ustozi Pep Gvardiolaning xarakteri haqida gapirdi.

"Gvardiola – mashhur murabbiy, lekin u kibrli va o'ziga keragidan ortiq ishonadi.

Bazan u futbolchilar emas, o'zi g'alaba qozonayotganini isbotlamoqchi bo'lgani uchun sovrinlarni qo'ldan chiqargan. Shu sababli, u bazi hal qiluvchi uchrashuvlarda muhim futbolchilarni tushirmagan.

Nazarimda, bu e'tibor va obro'ni jamoadan o'ziga tortib olishga harakat".


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: football-italia.net