Kante Saudiya Arabistonining uchta klubi bilan muzokara o'tkazmoqda, ular orasida "Al Nassr" ham bor

Aziz Tukhtamuradov
10 iyun 2023
Ngolo Kante Saudiya Arabistonining uchta klubi bilan muzokara olib bormoqda.

Avvalroq fransiyalik futbolchi "Al Ittihod" bilan shartnoma tuzishi, bu borada kelishuvga erishilgani haqida xabarlar tarqalgandi. 

Ammo Foot Mercato nashri xabariga ko'ra, hali yakuniy qarorga kelinmagan. 

Futbolchining agenti uchta klub bilan muzokara o'tkazmoqda - "Al Ittihod", "Al Nassr" va "Al Hilol". 

Kante 2016 yildan buyon "Chelsi" safida to'p tepadi. 30 iyun kuni uning klub bilan amaldagi shartnomasi o'z yakuniga etadi. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: Foot Mercato