Kanselu, Lodi, Al Shahroni, Mitrovich va yana 2 futbolchi "Paxtakor"ga qarshi o'ynamaydi

Sherzod Nurmatov
3 mar 2025
Ertaga Elit OCHL 1/8 finalidan o'rin olgan "Paxtakor" – "Al Hilol" uchrashuvi bo'lib o'tadi.

Saudiya Arabistoni jamoasi Toshkentga bir qator yo'qotishlar bilan yetib keldi.

"Al Hilol" matbuot xizmatiga ko'ra, 6 nafar futbolchi ertaga maydonga tushmaydi:

O'ng qanot himoyachisi Hamad Al Yami elkasidan jarohat olgan;

Qanot himoyachisi Joau Kanselu tizzaosti payini uzib olgani uchun 8 hafta davolanadi;

Chan qanot himoyachisi Renan Lodi hozircha sport zalida shug'ullanmoqda;

Hujumchi Aleksandar Mitrovich jamoa O'zbekistondan qaytganidan keyin mashg'ulotlarga qo'shiladi;

Markaziy himoyachi Hasan Al Tambakti jarohatdan tiklanishda davom etmoqda;

Chap qanot himoyachisi Yosir Al Shahroni tiklanish jarayonini davom ettirmoqda, jamoa mashg'ulotlarining bir qismida qatnashdi.

Eslatib o'tamiz, "Paxtakor" – "Al Hilol" bellashuvi ertaga "Jar" stadionida 21:00 da start oladi.


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: alhilal.com