Kanning fikricha, "Bavariya" Bundesligani tark etadi
Aslanov Jasurbek
14 dek 2017
"Bavariya" sobiq darvozaboni Oliver Kanning fikricha, Bundesligada nemis grandi uchun etarli darajada raqobat yo'q.
"Bundesligada "Bavariya" bilan raqobatlasha oladiganlar juda kam. Ertami-kechmi Yevropaning yetakchi jamoalari bir ligada o'ynashni boshlasa kerak" - deydi Kan.
"Bavariya" so'nggi olti mavsum Germaniya chempioniga aylandi.