Kannavaro iste'foga chiqarildi va etika kurslarni o'tganidan keyin vazifasiga qaytishi mumkin

Eldor Akmurzayev
28 okt 2019, 23:00
Xitoyning Guanchjou Evergrand jamoasi ustozi Fabio Kannavaro noma'lum muddatga iste'foga chiqarildi.

Qayd etilishicha, rahbariyat Kannavaroga “Xitoy korporativ etika” kurslarini o'tashni buyurgan va shundan keyin u yana vazifasiga qaytishi mumkinligi aytilmoqda. Uning lavozimini esa vaqtincha jamoa sardori Chjen Chji egallab turadi. 

46 yoshli italiyalik mutaxassis klub boshqaruviga 2017-yili kelgandi. Hozirda jamoa Xitoy Superligasining 27-turidan keyin 63 ochko to'plagan holda peshqadamlik qilmoqda. 


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Football Italia