Kan - Ulrayxning xatosi haqida: "Real"ga qarshi bahsda men ham shunga o'xshash xato qilganman"

Aslanov Jasurbek
2 may 2018
"Bavariya" sobiq darvozaboni Oliver Kanning fikricha, "Real"ga qarshi Chempionlar ligasi yarim final javob uchrashuvidagi xatoda myunxenliklar posboni Sven Ulrayxni ayblash noto'g'ri.

"O'sha vaziyatda Ulrayx bir vaqtning o'zida ikkita narsa haqida o'yladi - to'pni qo'lga olish va uni tepib yuborish. "Real"ga qarshi o'yinda men ham shunga o'xshash xatoga yo'l qo'yganman. Bu ishdan so'ng keyingi kun uyg'onishni istamay qolasan" - deydi Kan.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: ZDF