Kampush "Real" sport direktoriga aylanadi

Alisher
6 iyun 2021
"Real" tez orada Luish Kampushni klub sport direktori etib tayinlaydi.

56 yoshli portugaliyalik mutaxassis bilan shartnoma ham tuzib bo'lingan.

Luish Kampushning so'nggi ish joyi Fransiyaning "Lill" klubi bo'lgan edi. Portugaliyalik o'tgan yilning dekabr oyida 3,5 yillik faoliyatdan so'ng o'z lavozimini bo'sh qoldirgan edi.

Eslatib o'tamiz, yozda "Real" bosh murabbiy etib Karlo Anchelottini tayinlandi.


AlisherMuallif
Manba: t24.com