"Kamp Nou"da o'tkazilgan Ispaniya medialigasi o'yiniga 90 mingdan ortiq tomoshabin keldi

Administrator
27 mar 2023
Ushbu tadbirga Jerar Pike va Serxio Aguero kabi yulduzlar ham tashrif buyurishdi.

"Barselona" klubining uy o'yingohi "Kamp Nou"da Qirollar ligasining "To'rtlik finali" nomli Ispaniya medialigasi o'yini tashkillashtirildi. Ushbu o'yinga 91 594 nafar tomoshabin tashrif buyurdi. Bu tadbirda Jerar Pike va Serxio Aguero kabi yulduzlar ham ko'rinish berishdi.

O'yin boshlanishidan oldin esa muxlislar stadionda "Messi, Messi" deya xayqirib, futbolchining klubga qaytishini istashlarini bildirishgan. 


AdministratorMuallif
Manba: Goal.com