

So'nggi o'yindan keyin Komoliddin Tojiev klub matbuot xizmatiga qisqacha intervyu berdi.
"Yig'in yaxshi o'tdi. Natija muhim emas, yoshlarni sinab oldik. Uchta o'yinda barchani birdek o'ynatdik. Besh kunlik tatilga chiqdik. Terma jamoadagi futbolchilar qaytishadi. Tarkibimiz 90% ga tayyor. Flamarion va Bo'riev tez kunlarda safga qaytishadi. Abdumajidov so'nggi o'yinda 10 daqiqa maydonga chiqdi. Bu meni quvontirdi. Hamralievning ham holati ko'ngildagidek", - deydi "sherlar" ustozi.
Ma'lumot uchun, "Paxtakor"ning Antaliyadagi ikkinchi yig'ini 4-17 fevral kunlari bo'lib o'tadi. Unda 6 nazorat o'yini o'tkazilishi rejalashtirilgan.



