Kamoliddin Murzoev: "Neftchi"ga qarshi oson o'yin bo'lmaydi"

Narzulla Saydullayev
16 iyun 2016
“Buxoro” – “Neftchi” uchrashuvi oldidan mezbonlar hujumchisi Kamoliddin Murzoev bo'lajak o'yin to'g'risidagi fikri bilan o'rtoqlashdi.

- Bugun bizni muhim o'yin kutmoqda. Albatta ushbu o'yinda har ikki jamoa g'alaba uchun maydonga tushadi. Ayniqsa o'z uyimizda, muxlislarimiz qarshisida o'ynayotganligimiz uchun zafar qozonish istagi har doimgidan yuqori.

Raqib haqida gapiradigan bo'lsak, “Neftchi” mamlakatimizda o'zining shonli tarixi va ananalariga ega jamoalar safiga kiradi. Uning bu yilgi o'yinlari raqobatbardosh komanda sifatida shakllanayotganligidan ham dalolat beradi.

Murabbiylar ko'rsatmalarini to'liq bajarib, o'z o'yinimizni namoyish eta olsak o'yinni o'z foydamizga hal eta olamiz. Har holda olib borayotgan mashg'ulotlarimiz sifati hamda “12-o'yinchi” sifatida madad berib turgan muxlislar daldasi ana shunday dadil gapirishimizga imkon beradi, - deydi Kamoliddin Murzoev.

"Buxoro" matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: championat.asia