Kamavinga "Real"ning "Barselona"dan ortda qolayotgani haqida: "Besh ochko – hech nima emas, chempionat uzoq davom etadi"

Omonjon To`xtamirzayev
30 yanv 2023
"Real" yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga chempionatdagi vaziyat haqida gapirib o'tdi.

"Madrid" La Liga 19-turida "Sosedad" bilan durang (0:0) o'ynadi va endi kataloniyaliklardan 5 ochkoga ortda qolmoqda.

– Ikki ochko yo'qotdik, ammo chempionat hali uzoq davom etadi. Biz bundan keyin ham o'zimizga bo'lgan ishonchni yo'qotmaymiz, oldinda yangi o'yin kutib turibdi.

Mavsum juda uzun va oldinda ko'plab o'yinlar bor, yakunda kim g'olib bo'lishini hozir ayta olmayman. Besh ochko – mavsumning qolgan qismi uchun hech nima emas.

– Chap qanot himoyachisi rolida o'zingizni qanday his qilyapsiz?

– Men Jahon chempionatida chap qanot himoyasida o'ynadim.

Men bu erda jamoaga qo'limdan kelgancha yordam berish uchun, klubga foyda keltirish uchun harakat qilaman. Bu mening poziciyam emas, lekin jamoaga shu yo'l bilan yordam bera olsam, faqat xursandman, – dedi "Real" yarim himoyachisi.


Omonjon To`xtamirzayevMuallif
Manba: Marca