Kamavinga “Real” haqida: “Buyuk klub safida o'ynashni xohlayman, ammo...”

Aslanov Jasurbek
19 noya 2020
“Renn”ning 18 yoshli yarim himoyachisi Eduardo Kamavinga “Real”ga o'tishi mumkinligi borasidagi savolga javob berdi.

“Buyuk klub safida to'p tepishni istayman. Ammo qaysidir klub nomini aytishni xohlamayman. Biz hali klub rahbariyati bilan kelajagim borasida gaplashmadik. Kelajakda shartnomani uzaytirish borasida muzokaralar bo'lib o'tadi. Men “Renn” uchun o'ynashda davom etishdan xursand bo'lardim. Shartnoma bo'yicha hali 2 yilim bor, shunday ekan muzokaralar uchun vaqt etarlicha”, - deydi Kamavinga.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: AS