Kamavinga, Pedri, Bellingem, Saka, Grinvud - Golden Boy uchun top-40 davogar nomi ma'lum

Alisher
16 sen 2021
Golden Boy mukofoti uchun davogarlar ro'yxati 40 nafargacha qisqardi.

Kurashni Jud Bellingem (Borussiya, Dortmund), Miron Boadyu (Monako), Eduardo Kamavinga (Real), Sharl de Ketelare (Bryugge), Erik Garsiya (Barselona), Rayan Gravenberx (Ayaks), Meyson Grinvud (Manchester Yunayted), Ilaysh Moriba, Yoshko Gvardiol (ikkisi ham – RB Leyptsig), Gabriel Martinelli (Arsenal), Jamal Musiala (Bavariya), Mixail Mudrik (Shaxtyor), Nunu Mendesh (PSJ), Pedri (Barselona), Jovanni Reyna (Borussiya, Dortmund), Bukayo Saka (Arsenal), Florian Virtc (Bayer), Ilya Zabarniy (Dinamo, Kiev) va boshqa futbolchilar davom ettirishadi.

Eslatib o'tamiz, Golden Boy - har yili Yevropaning 21 yoshgacha bo'lgan eng yaxshi yosh o'yinchisiga Tuttosport gazetasi tomonidan beriladigan mukofot.

G'olib ananaviy tarzda noyabrda aniqlanadi. O'tgan yili ushbu nomga "Borussiya" hujumchisi Erling Xoland loyiq deb topilgan edi.


AlisherMuallif
Manba: Tuttosport