Kalidu Kulibali: "Men Neapolni sevaman, Neapol esa meni"

Alisher
30 okt 2020
Oldinroq, "Napoli" himoyachisi Kalidu Kulibaliga "Liverpul" qiziqish bildirayotgani xabar qilingan edi.

"Men Neapolni sevaman, Neapol esa meni. Bu eng asosiysi. Men doim o'yinlar o'tkazishga tayyorman, shartnoma bo'yicha yana 3 yilim bor. Men bosiqman. Boshqa jamoalar menga qiziqish bildirmoqda, ammo men hali ham shu yerdaman", - deydi futbolchi unga "Liverpul" qiziqish bildirayotgani borasidagi xabardan so'ng.

Kulibali "Napoli"ga 2014 yilning yozida Belgiyaning "Genk" klubidan o'tgan edi. Transfer narxi 7,5 million evroni tashkil etmoqda.

29 yoshli futbolchining Italiya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.


AlisherMuallif
Manba: Sky Sports