Kalderon: "Real" Keyn kabi futbolchilarni o'z safiga qo'shib olishi kerak"

Aslanov Jasurbek
18 okt 2017
"Real" sobiq prezidenti Ramon Kalderonning fikricha, Madrid klubi "Tottenxem" hujumchisi Garri Keyn kabi dunyoning eng yaxshi futbolchilarini xarid qilishi kerak.

Chempionlar ligasining 3-turidan o'rin olgan bahsda "Real" o'z maydonida "Tottenxem"ni qabul qildi va 1:1 hisobida durang qayd etdi.

"Real" doimo eng yaxshi futbolchilarni izlaydi va shunday klub yangi homiy, brenlardan daromad olishi uchun o'z safida top-futbolchilarga ega bo'lishi kerak. Bu pullar sizga investitciya kiritish, foyda olish, yana investitciya kiritishga yordam beradi, shu sababli "Real"ga Keynni xarid qilishni maslahat beraman.

Ammo bu bazi narsalarga, murabbiy va futbolchi xohishiga bog'liq. Keyn arzonga o'tmaydi, ammo men Krishtianu Ronalduni 80 mln. evroga sotib olganimda, meni aqldan ozgan deyishgandi, endi qarang, hozir qayerdamiz. Agar siz 150 mln. evro sarflasangiz, bu normal holat bo'ladi. Hozir chegara tushunchasi yo'q" - deydi Kalderon.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Reuters