Kalabriyaning "Milan"dagi kelajagiga oydinlik kiritildi

Mirjalol Normatov
29 iyun 2020
"Milan" himoyachisi Davide Kalabriya klubini o'zgartiradi.

"Calciomercato" xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchi ushbu mavsumda "Milan"ni tark etadi. Unga ayni damda "Bolonya", "Fiorentina" va "Sevilya" kabi klublar davogarlik qilishmoqda. Kalabriyaning transfer narxi 10 mln evroni tashkil qiladi.

Ushbu mavsumda Kalabriya A Seriyaning 16 o'yinida qatnashdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Calciomercato