Kalabriya Fransiyaga ko'chib o'tishi mumkin

13 fev 2020, 01:36
"Milan" himoyachisi Davide Kalabriya yozda jamoani tark etishi mumkin.

"Football Italia" xabariga ko'ra, "rossonerilar" tarbiyalanuvchisiga "Lill" klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. 

23 yoshli futbolchining ehtmoliy transfer narxi 15 mln evroni tashkil qiladi. Ma'lumot uchun, Kalabriya "Milan"ning asosiy jamoasi safida 2015 yildan buyon o'ynab kelmoqda. U "rossonerilar" uchun 99 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 2ta gol va 6ta samarali uzatma yozdirib qo'ygan.


Manba: Football Italia