Kaka: "Agar Dunga xohlasa, Rossiyadagi jahon chempionatida o'ynashga tayyor bo'laman"
Aslanov Jasurbek
24 mar 2015
"Milan" va "Real" sobiq yarim himoyachisi, hozirda "Orlando Siti" sharafini himoya qilayotgan Kaka 2018 yil Rossiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatida o'ynashga tayyor ekanligini ma'lum qildi.
"Jahon chempionati uch yarim yildan so'ng bo'lib o'tadi. Agar Dunga xizmatlarimga ehtiyoj sezsa, jahon chempionatida o'ynashga tayyor bo'laman" - deydi 32 yoshli futbolchi.