Kafu: "Trent dunyoning eng yaxshi futbolchisi bo'la oladi"

Mirjalol Normatov
7 iyun 2020
O'tmishning mashhur futbolchilaridan biri Kafu "Liverpul"ning o'ng qanot himoyachisi Trent Aleksandr-Arnold haqida gapirdi.

"U sensacion futbolchi, kamyob iqtidor sohibi. Agarda Trent shunday tarzda rivojlanishda davom etsa, dunyoning eng yaxshi futbolchisi sifatida etirof etiladi. Individual sovrinlarni yutish uchun unda sifatlar etarlicha.

Aleksandr-Arnold texnik jihatdan juda ham ajoyib, uning kuchli tomonlari ko'p. U brazilcha uslubda futbol o'ynaydi va shu sababli uning o'yinlarini ko'rishni yoqtiraman", - dedi Kafu.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal