Kafu Rafinya haqida: "U bilan "Oltin to'p" uchun raqobatlasha oladigan o'yinchilarni ko'rmayapman"

Aslanov Jasurbek
6 may 2025, 00:50
Kafu Rafinya "Barselona"ning yetakchisi ekani va "Oltin to'p"ga loyiqligini aytdi.

– Rafinya "Oltin to'p" uchun asosiy nomzodmi?  

– To'g'risini aytadigan bo'lsam, bugungi kunda Rafinya bilan raqobatlasha oladigan ko'p o'yinchilarni ko'rmayapman. Balki faqat Muhammad Salohdir. Menimcha, aynan shu ikki o'yinchi – "Oltin to'p" uchun asosiy da'vogarlar hisoblanishadi.  

Rafinya allaqachon 31 ta gol urib, 25 ta golli uzatma berdi. U hatto Messining rekordini yangiladi ("Barsa"da Chempionlar Ligasi mavsumida eng ko'p golli harakatlar bo'yicha). Bu ishni hozir dunyodagi eng yaxshi deb hisoblangan, yulduzlar bilan to'lgan jamoada amalga oshirildi.  

U ushbu jamoaning yuragi, uni harakatlantiruvchi motor, "Barselona" o'yinining tezligini belgilab beruvchi shaxs. Menga braziliyalikning haqiqiy yetakchiga aylanishi juda yoqimli.  

Rafinya "Barsa"dek buyuk klubning sardori va bu ko'p narsani anglatadi", – dedi Braziliya terma jamoasining sobiq himoyachisi Kafu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: Marca