Kafu: "Koutino "Barselona"ga kerak"

Alisher
3 dek 2021
51 yoshli Kafu Filippe Koutino "Liverpul"dagi darajasiga qaytishiga ishonchi komil.

"Bizning undan umidlarimiz katta. U ajoyib o'yinchi. Filippe butun dunyo e'tiborini tortgandi, bu esa tasodif emasdi. U Braziliya terma jamoasi kabi "Barselona"ga ham kerak", - deydi Kafu.

"Barselona" Koutino bilan 2018 yilning yanvarida shartnoma imzolagan va "Liverpul"ga 135 million evro to'lagandi.

Braziliyalik Kataloniya jamoasi safida 103ta o'yinda maydonga tushib, 25ta gol va 14ta assist qayd etdi.


AlisherMuallif
Manba: AS