Jud Bellingem - "Chelsi"ning asosiy nishoni

Sherzod Nurmatov
19 okt 2022
"Borussiya" Dortmund a'zosi Yevropaning bir talay gigantlari orasida talash bo'lmoqda.

London klubi angliyalik yosh iqtidorni qo'lga kiritishda "Liverpul", "Manchester Siti", "Manchester Yunayted" va "Real" klublari bilan raqobat sharoitida bo'lishiga qaramay, Bellingemga eng ustuvor transfer, deb qaramoqda. 

Qo'shimcha qilinishicha, "Stemford Brij" egalari "Vest Xem Yunayted" sardori Deklan Raysning muvafaqqiyatli harakatlarini ko'rib, uni tarkibga jalb qilishni rejalashtirmoqda. 

23 yoshli orqa chiziq vakili yaqin vaqtlarda ko'p bor "ko'klar" qiziqish doirasida ekani haqida xabarlar e'lon qilingan edi. 


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: The Evening Standard