Joze Mourinyu: “Liverpul” maydonda Yevropa, jahon chempionidek ko'rinmadi

Aslanov Jasurbek
17 dek 2020
“Tottenxem” ustozi APL 13-turi doirasida “Liverpul”ga qarshi bahsdan (1:2) so'ng fikrlari bilan bo'lishdi.

“G'alabaga juda yaqin edik, biroq imkoniyatlarni qo'ldan chiqardik. Durang ham yaxshi natija bo'lmasdi. Shunday ekan, mag'lubiyatdan so'ng o'zimizni qanday his qilayotganligimizni bir tasavvur qilib ko'ring. Mavsum boshidan beri har bir bahsda g'alaba uchun maydonga chiqyapmiz. Biz chempionga qarshi uning maydonida o'ynadik, shunga qaramay g'alaba uchun bizda imkoniyatlar bo'ldi. Bugun “Liverpul” maydonda Yevropa, jahon chempionidek ko'rinmadi. Har holda bu farq maydonda ko'zga tashlanmadi. Albatta, asosiysi natija”, - deydi Mourinyu.


Aslanov JasurbekMuallif
Manba: BBC Sport