Joze Mourinyu Barselona futbolchisini Turkiyaga olib kelmoqchi

Khoja
9 iyul 2024
Barselona vingeri Ansu Fati faoliyatini Turkiyada davom ettirishi mumkin.

21 yoshli futbolchini shaxsan Joze Mourinyu o'z jamoasida ko'rishni istamoqda. Shu sababli Fenerbaxche ispaniyalik futbolchiga yaqin orada rasmiy taklif jo'natishni maqsad qilgan.

Eslatib o'tamiz, Fati o'tgan mavsum Braytonda ijarada harakat qilgandi. Uning Kataloniya klubi bilan tuzgan shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt nashri futbolchini 20 million evroga baholamoqda.


KhojaMuallif
Manba: championat.com