Joze Mourinyo: "Reshford muxlislarning noroziligidan rohat olishni o'rganishi kerak"

Tolibjon Qosimov
21 avg 2017
"Manchester Yunayted" bosh murabbiyi Joze Mourinyo APL 2-turi doirasida "Suonsi" ustilan qozonilgan yirik g'alaba (4:0)dan keyin Uels klubi muxlislarining mankunianliklar forvardi Markus Reshford manziliga bildirgan noroziliklari haqida gapirib o'tdi.

Muxlislarning fikricha, bu jamoalarning aprel oyida "Old Trafford"dagi o'yinida (1:1) 19 yoshli futbolchi penalti ishlash uchun simulyaciya qilgan.

"O'ylashimcha, u bundan rohat olishni o'rganishi kerak. Agar u yomon o'yinchi bo'lganida hech kim uning jig'iga tegishga urinmagan bo'lardi. Ular Reshford qanchalik tez va xavfli o'yinchi ekanligini ko'rishdi va uni muvozanatdan chiqarish mumkin deb o'ylashdi.

Agar, u zaxirada qolganida va oxirgi 15-20 daqiqada maydonga tushganida bo'sh hududlar ko'p bo'lardi, ana unda Markus qolganlardan yomon bo'lmagan bo'lar edi.

O'ylashimcha, unga adaptaciya kerak. Axir u angliz yigiti, ularning milliy terma jamoasida o'ynaydi. Oy, kechirasizlar, axir ular ("Suonsi" muxlislari) uelslik-ku", - dedi Mourinyo.



Tolibjon QosimovMuallif
Manba: espnfc.com