Joze Mourinyo MYU muxlislari uchun yaxshi yangilikni aytdi

Narzulla Saydullayev
16 sen 2018, 20:15
Manchester Yunayted bosh murabbiyi Joze Mourinyo himoyachi Lyuk Shou YCHL 1-turi doirasidagi Yang Boyzga qarshi o'yinda ishtirok etishini ma'lum qildi.

Eslatib o'tamiz, 23 yoshli futbolchi Angliya terma jamoasi safida Ispaniyaga qarshi o'yinda boshidan jarohat olgandi.

Lyuk Shou chorshanba kuni maydonga tushadi. Eshli Yang o'ng qanotda ham o'ynay oladi. Ikkalasi qanotlarda ajoyib o'ynashmoqda.

Bundan tashqari Darmian ham bor, – deydi Mourinyo.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: SkySports.com