

21 yoshli futbolchi Italiyaga ijara asosida o'tishi mumkin. Joze Mourinyo futbolchiga o'yin amaliyotini berishga tayyorligini ma'lum qilgan.
Grinvud futbolchini sevgan qizi zo'rlashda ayblaganidan so'ng 2022 yilning yanvaridan beri maydonga chiqmaydi. Joriy yilning fevralida forvarddan barcha ayblovlar olindi, ammo "Manchester Yunayted" vaziyat bo'yicha ichki tekshiruv o'tkazishi sabab uni tarkibga qaytarmadi.
Grinvudning manchesterliklar bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar mo'ljallangan.



