

"Yurgen Klopp buni aytmaydi, lekin men aytaman: 9 ochko – jamoa nazorat qila oladigan juda yaxshi ustunlik. Agar bugun "Liverpul" g'alaba qozonsa, musobaqa g'olibi bo'ladi.
Menimcha, durang "shaharliklar" uchun yaxshi, mersisaydliklar uchun yomon natija hisoblanadi. "Enfild"dagi g'alaba – mezbonlar uchun yagona ijobiy natija bo'ladi", – deydi Mourinyo.



