

"Liverpul" klubi va Portugaliya terma jamoasi a'zosi Diogu Jota Qatarda o'tkaziladigan Jahon chempionatini o'tkazib yuborishi haqida fikr bildirdi. Ma'lumot uchun, futbolchi "Man Siti"ga qarshi o'yinda jarohat olib, maydonni zambilda tark etgandi.
"Enfild"dagi shunday ajoyib oqshom men uchun qayg'uli yakunlandi. Orzularimdan biri oxirgi pallalarda barbor bo'ldi.
Men klubim va terma jamoamga muxlislik qilaman. Tezroq qaytish uchun kurashaman. You'll Never Walk Alone", -deb yozadi Diogu Jota o'zining tvitter sahifasida.



