Jota: "Jahon chempionlari uchun o'ynash ko'p narsani anglatadi"

Mirjalol Normatov
23 noya 2020
"Liverpul" yarim himoyachisi Diogu Jota APLning 9-turi doirasida "Lester"ga qarshi o'yin haqida gapirdi.

"Bu jamoa tarkibida o'ynash, jahon chempionlari safida harakat qilish ko'p narsani anglatadi. Men istaydigan yagona narsa - g'alabali odimni davom ettirish va jamoaning bir bo'lagi bo'lib qolishim.

Hujumda juda va juda yaxshi o'ynadik, himoyada tartibli harakat qildik. Ajoyib o'yin!

Jamoadagi har bir futbolchi biz uchun muhim ekanligi shunday paytda ko'rinadi. Jarohatlar ko'payib ketganida har bir futbolchi ham jismonan ham ruhan tayyor bo'lishi va ular "Liverpul"ga yordam berishi lozim", - dedi portugaliyalik.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal