Joshua Kimmix: "Pochettino – top-murabbiy. Uning nomzodi muhokama qilinmoqdami yoki yo'q, buni bilmayman"

"Bavariya" himoyachisi Joshua Kimmix "Tottenxem" sobiq murabbiyi Maurisio Pochettino haqida fikr bildirdi.

"Uning nomzodi muhokama qilinmoqdami yoki yo'q, buni bilmayman. "Tottenxem"da u ko'p yillar davomida muvaffaqiyatli ishladi. Jamoa yetakchilar orasida, muntazam ravishda o'ynayotgandi va YCHL finaliga ham chiqishga ulgurdi. Pochettino, shubhasiz, top-murabbiy", – deydi Kimmix.

Avvalroq, 47 yoshli argentinalik mavsum yakunida "Bavariya"ni boshqarishi mumkinligi e'lon qilingandi. 


Manba: sportbild.bild.de