Jorjo Kellini dunyoning eng yaxshi himoyachisi kim ekanligini aytdi

Narzulla Saydullayev
20 fev 2019, 17:12
“Yuventus” sardori Jorjo Kellini Daily Mail'ga bergan intervyusida dunyoning eng yaxshi himoyachisi Serxio Ramos ekanligini bildirdi.

“Men o'zimni jahonning eng yaxshi himoyachisi deb hisoblamayman. Ayni vaqtda bu nomga eng munosibi Serxio Ramosdir. Uni nafaqat maydonda balki uning tashqarisida ham yetakchi deb bilaman. Ramos deyarli xatoga yo'l qo'ymaydi. To'g'ri bazida adashishi mumkin, sababi, barcha xato qiladi. Ramos ikkala jamoaning o'yiniga ta’sir o'tkaza oladigan futbolchilar qatoriga kiradi”, - deydi Kellini.

“Real” sardori UEFAning yil terma jamoasidan etti marta (2008, 2012, 2013, 2014, 2015, 2016, 2018) joy olgan bo'lib, o'tgan mavsum natijalariga ko'ra Yevropaning eng yaxshi himoyachisi nomiga sazovor bo'lgandi.



Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: Daily Mail