Jorjino “Oltin to'p”ni kimga berishni xohlashini aytdi

Eldor Akmurzayev
30 okt 2021, 07:25
“Chelsi” va Italiya TJ yarim himoyachisi Jorjino “Oltin to'p-2021”ni qo'lga kiritishga davogarlar qatoridan joy olgan.

U mazkur sovrinni “Man Siti” yetakchisi Kevin de Bryuynega topshirish kerakligi haqida gapirdi.

“Agar o'zimga ovoz bermasam, unda kim bu ishni qiladi? O'zim uchun kamida bitta ovozga ega bo'lishni xohlayman! Hazillashdim. Men Kevin de Bryuynenning qilgan barcha mehnatlari va yillar davomida ko'rsatayotgan ajoyib futboli uchun unga ovoz bergan bo'lardim. Muxlislarga uning o'yinlari maqul keladi, chunki u futbolni tushunadi va juda aqlli hisoblanadi”, deydi Jorjino.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: euro-football.ru