Jorjino Desayining natijasidan o'tdi va Yevropa chempionatlari rekordchisiga aylandi

Alisher
12 iyul 2021
Italiya terma jamoasi tayanch yarim himoyachisi Jorjino Yevropa chempionatlari tarixiga kirdi.

Italiyalik xavbek Evro-2020 davomida 25 bor to'pni raqiblaridan olib qo'ydi. Bu 1980 yildan boshlangan alohida musobaqa uchun eng yaxshi natijadir. Aynan o'shanda ushbu statistika saqlana boshlangan.

Oldingi rekordchi fransiyalik himoyachi Marsel Desayidir. U Evro-1996da 24 bor to'pni o'ziniki qilgan.

Eslatib o'tamiz, kecha Jorjino va uning jamoasi Yevropa chempioniga aylanishdi.


AlisherMuallif
Manba: Squawka