Jorje Jezushda koronavirusning noyob turi aniqlandi

Alisher
29 yanv 2021
"Benfika" jamoa bosh murabbiyi Jorje Jezushda SARS-CoV-2 tomonidan kelib chiqqan nafas yo'li infekciyasining klinik ko'rinishi borligini ma'lum qildi.

Mutaxassis so'nggi ikki haftada 7ta manfiy test topshirdi, ammo kecha o'tkazilgan qo'shimcha testlar unda koronavirusning yangi turi borligini ko'rsatdi.

Jezush yaqin bir necha kunlarda izolyaciyada bo'ladi, "Benfika" xodimi esa uning sog'ligini kuzatib boradi.

Eslatib o'tamiz, mutaxassis murabbiylik faoliyati davomida "Benfika"dan tashqari "Amora", "Felgeyrash", "Unian Madeyra", "Eshtrela" (Amadora), "Vitoriya" (Setubal), "Vitoriya" (Gimaraynsh), "Moreyrense", "Unian Leyriya", "Belenensesh", "Braga", "Sporting" (Lissabon), "Al Hilol" va "Flamengo" jamoalarini boshqargan.


AlisherMuallif
Manba: slbenfica.pt