

"Agar men Premer-ligada qolganimda "Chelsi"ga qarshi o'ynashimga to'g'ri kelar edi. Men buni xohlamayman. Shuningdek, jamoa bosh murabbiyi Stiv Bryus bilan ishlashni maqul ko'rdim. Men uni "Manchester Yunayted" o'yinchisi bo'lgan paytdan bilaman. Men bu insonni juda ham hurmat qilaman va bizning munosabatlarimiz yaxshi", - dedi Terri.




