Joel Kojo: “Dinamo” uchun o'ynashga har doim tayyorman”

Alisher
21 sen 2024, 23:07
Superliganing 19-turidan o'rin olgan “Olimpik” - “Dinamo” (0:3) uchrashuvidan so'ng samarqandliklar legioneri Joel Kojo o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Kojo, so'ngi kunlarda transfer bilan bog'liq sabablar tufayli jamoa bosh murabbiyi bilan munosabatlaringiz buzilgandek ko'ringandi. Shunaqa vaziyatda o'yinga tayyorgarlik jarayoni qanday kechdi? 

- Yo'q, hammasi yaxshi. Bu futbol va unda shunaqa voqealar bo'lib turadi. Men “Dinamo” uchun o'ynashga har doim tayyorman.

- Jamoa bosh murabbiyi bilan sizning o'rtangizda muammo yo'qmi?

- Albbatta yo'q. Hammasi joyida. Bu masalani darhol unutdik.

- Bugungi o'yin haqida fikringiz qanday?

- Bugungi uchrashuvda biz jamoamiz nimalarga qodir ekanini isbotlashimiz shart edi. Shunga monand tayyorgarlik ko'rdik va yakuniy natija bizning foydamizga bo'ldi.


AlisherMuallif
Manba: championat.asia