Jo Xart "Seltik" o'yinchisiga aylanishi mumkin

Alisher
28 iyul 2021, 15:40
Angliya terma jamoasi sobiq darvozaboni Jo Xart faoliyatini "Seltik"da davom ettirishi mumkin.

Shotlandiya klubi bu borada "Tottenxem" bilan muzokaralarni boshlab yubordi. Bu haqda jurnalist Fabricio Romano xabar bermoqda.

34 yoshli angliyalik futbolchi London klubiga 2020 yilning avgustida o'tgan edi. U 2022 yilning yoziga qadar shartnoma tuzgan.

Xart o'tgan mavsum barcha musobaqalarda 10ta o'yinda maydonga tushib, o'z darvozasidan 8ta to'p olib chiqdi.


AlisherMuallif
Manba: twitter.com/FabrizioRomano