J.Koreya Kubogi. G'iyosov o'ynayotgan “Anyang” quyi divizion jamoasi bilan uchrashdi

Eldor Akmurzayev
6 iyun 2020
Janubiy Koreya Kubogining 1/32 finali doirasida bugun bir qator uchrashuvlar bo'lib o'tdi.

Jumladan, Xurshid G'iyosov harakat qilayotgan “Anyang” o'z maydonida K-Liga 4 vakili “Koyan Sitizen” bilan uchrashdi va Ku Bon Xyok, braziliyalik legioner Nilsonning gollari evaziga 2:0 hisobida zafar quchdi. Xurshid esa uchrashuvda qatnashmagan. 

“Anyang”ning keyingi bosqichdagi raqibi “Tegu” bo'ladi. Jamoalar o'rtasidagi bellashuv esa 1 iyul kuni o'tkaziladi.


Eldor AkmurzayevMuallif
Manba: Championat.asia