Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi musobaqasiga qur'a tashlandi, ertadan qiziqarli bahslar boshlanadi

Narzulla Saydullayev
21 okt 2020
Joriy yil 22-30 oktyabr kunlari poytaxtimizda ilk marotaba vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari hamda yirik korxona va tashkilotlar xodimlari o'rtasida futbol bo'yicha Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi musobaqasi o'tkazilishi haqida xabar bergandik.

Bugun Milliy stadionda ushbu musobaqalar oldidan matbuot anjumani hamda qur'a tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Matbuot anjumanida Jismoniy tarbiya va sport vazirligi hamda O'zbekiston futbol associaciyasi mas'ul xodimlari ishtirok etib, jurnalistlarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi.

Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi musobaqasining pley-off bosqichlarida jamoalar maydonda 8 kishidan harakat qilishadi va o'yin maydonining teng yarmida tashkil etiladi. Har bir jamoa zaxirasidan yana 7 kishi joy oladi.

Shuningdek, bu musobaqada faqat markaziy apparat xodimlari emas, balki tizimdagi tashkilotlardan ham havaskor futbolchilar jamoa tarkibiga jalb etilishi mumkin. Bundan ko'zlangan maqsad, korxona-tashkilotlar markaziy apparatida xodimlar kamligi sababli chetdan professional yoki yarim professional jamoalarda to'p tepayotgan futbolchilarni jalb etilishining oldini olishdan iborat.

Qolaversa, Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi musobaqasida professional faoliyatini yakunlaganiga kamida besh yil bo'lmagan hamda ishga qabul qilinganiga kamida bir yil to'lmagan xodimlarning qatnashishiga ruxsat berilmaydi. Bu ham musobaqaning halol, shaffof va adolatli o'tishiga xizmat qiladi.

Shundan so'ng ilk marotaba tashkil etilayotgan Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi musobaqasiga qur'a tashlandi. Unga ko'ra jamoalar o'z raqiblarini bilib olishdi.


Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi

1/32 final juftliklari

Respublika manaviyat va marifat markazi – Davlat Soliq qo'mitasi

O'ztransgaz AJ – Maktabgacha talim vazirligi

Sharq nashriyoti DUK – Turizmni rivojlantirish qo'mitasi

Avtomobil yo'llari qo'mitasi – Moliya vazirligi

Turon bank AT – Uzvtorsvetmet AJ

Vaqf xayriya jamoat fondi – Jismoniy tarbiya va sport bo'yicha mutaxassislarni ilmiy-metodik taminlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi

O'zagrotexsanoatxoldingAJ – Axborot texnologiyalari va kommunikaciyalarni rivojlantirish vazirligi

Monopoliyaga qarshi kurashish qo'mitasi – Milliy olimpiya qo'mitasi

Kafolat sug'urta kompaniyasi AJ – Davlat test markazi

O'zbekiston yoshlar ittifoqi agentligi – Agrobank ATB

O'zdonmahsulot AK – O'zbekiston milliy teleradiokompaniyasi

Markaziy bank – Pensiya jamg'armasi

O'zbekiston futbol associaciyasi – O'zbekenergo AJ

Olmaliq KMK AJ – O'zbekiston milliy elektr tarmoqlari

O'zstandart agentligi – O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi

Iqtisodiy taraqqiyot va kambag'allikni qisqartirish vazirligi – Agrosanoat majmuyida xizmatlar ko'rsatish markazi

Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspekciyasi – Xalq talimi vazirligi huzuridagi Talim markazi

Transport vazirligi – O'zbekiston havo yo'llari AJ

O'zagrosug'urta AJ – O'zarxiv agentligi

Oliy attestaciya komissiyasi – O'zsanoatqurilishbank ATB

Gidrometeorologiya xizmat markazi – O'zbekcharmsanoat uyushmasi

Jismoniy tarbiya va sport vaziri kubogi musobaqasida 53ta jamoa qatnashmoqda. 11ta jamoa bahslarga 1/16 finaldan qo'shiladi. O'yinlar har kuni soat 10:00dan boshlanadi.



Jismoniy tarbiya va sport vazirligi

Matbuot xizmati


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: minsport.uz