Jiru – Fransiya termasida 100 ta o'yin o'tkazgan 8-futbolchi

"Chelsi" hujumchisi Olive Jiru Fransiya terma jamoasi libosidagi 100-uchrashuvini Ukrainaga qarshi o'tkazmoqda.

34 yoshli o'yinchi milliy jamoa tarixida 100 va undan ortiq o'yinda ishtirok etgan 8-futbolchiga aylandi.

Ushbu ko'rsatkich bo'yicha Lilian Tyuram yetakchi hisoblanadi – 142 o'yin.

Fransiya terma jamoasi safida 100 va undan ortiq o'yin o'tkazgan futbolchilar:

1. Lilian Tyuram – 142

2. Terri Anri – 123

3-4. Marsel Desayi – 116

3-4. Ugo Loris, "Tottenxem" – 116

5. Zinedin Zidan – 108

6. Patrik Vieyra – 107

7. Dide Desham – 103

8. Olive Jiru – 100.


Manba: Opta Sports