Jiru Fransiya terma jamoasi safida 100 ta o'yin o'tkazgan 8-futbolchiga aylandi

Olive Jiru tarix yozishda davom etmoqda.

Jiru Ukrainaga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida (7:1) Fransiya terma jamoasi asosiy tarkibida maydonga tushdi. Bu hujumchi uchun milliy jamoa libosidagi 100-o'yin bo'ldi. 34 yoshli Jiru Fransiya terma jamoasi safida 100 ta o'yin o'tkazgan 8-futbolchiga aylandi.

Fransiya terma jamoasi safida quyidagi futbolchilar 100+ o'yin o'tkazgan:

1. Lilian Tyuram – 142

2. Terri Anri – 123

3-4. Marsel Desayi – 116

3-4. Ugo Loris – 116

5. Zinedin Zidan – 108

6. Patrik Vieyra – 107

7. Dide Desham – 103

8. Olive Jiru – 100


Manba: Opta