Jeymi Karrager: "Ronaldu MYUni kuchsizlantirdi"

Mirjalol Normatov
3 iyul 2022
"Liverpul"ning sobiq futbolchisi Jeymi Karrager hujumchi Krishtianu Ronalduning MYUdagi mavsumi haqida gapirdi.

"Ronaldu men kutganimdek mavsum o'tkazdi: juda ko'p gol urdi va jamoani qiyin holatlardan olib chiqib ketdi. Ammo u jamoani kuchsizlantirdi. Krishtianu "Yunayted"ni sevgani uchun "Manchester Siti"ga o'tmagandi. U transferlar g'oyasini o'ldirdi", - dedi Karrager.

O'tgan mavsumda Ronaldu mankunianliklar tarkibida 30 o'yinda qatnashib, 18 gol va 3 assist qayd etdi.


Mirjalol NormatovMuallif
Manba: Goal