Jerar Pike: "Kadis" bilan durang biz uchun og'ir zarba

"Barselona" himoyachisi Jerar Pike La Liga 24-turi doirasidagi "Kadis" (1:1) bilan o'yindan keyin o'z fikrlari bilan o'rtoqlashdi.

"Bu juda og'ir. Ayniqsa, "Atletiko" mag'lubiyatga uchraganidan keyin g'alaba qozonishimiz kerak edi. Ko'p hujum qildik, ammo 2 ochko yo'qotdik. 3 ochkoga ega bo'lishimiz kerak edi. Chunki har bir muvaffaqiyatsiz o'yin sizning imkoniyatlaringizni kamaytiradi. Hammasi o'zimizga bog'liq, boshqalarga emas. Bugungi durang biz uchun juda og'ir zarba", - Pikening so'zlarini keltiradi AS.


Manba: