"Jenoa" bilan o'yinda Ronaldu juda kuchli zarba berdi

"Yuventus" hujumchisi Krishtianu Ronaldu Italiya A Seriyasi 29-turida "Jenoa" (3:1) darvozasiga yo'l topdi.

O'sha vaziyatda portugaliyalik futbolchi to'pga zarba bergach, to'pning tezligi 105 km/soatga etgan. 

Ma'lumot uchun, Ginness rekordlar kitobiga kiritilgan eng kuchli zarba Xaver Galanga tegishli (2002). Ispaniyalik futbolchi tepgan to'p 129 km/soat tezlik bilan darvoza to'riga borib tushgan.


Manba: Football Italia