Jeko "Fenerbaxche" bilan muzokaralar olib bormoqda

Aziz Tukhtamuradov
18 iyun 2023
Edin Jeko "Fenerbaxche"ga o'tishga yaqin.

"Inter" hujumchisi jamoani tark etadi. 

Uning agenti ayni paytda "Fenerbaxche" bilan muzokaralar olib bormoqda. Klubda yaqinda Vinchenco Montella bosh murabbiy sifatida ish boshlashi mumkin. 

"Fenerbaxche" Jekoga yiliga kamida 5 million evro va bonuslar to'lashga tayyor. Shartnoma ikki yilga mo'ljallangan bo'ladi. Futbolchi bilan ertaga, dushanba kuni yakuniy kelishuvga erishilishi kutilmoqda. 


Aziz TukhtamuradovMuallif
Manba: gianlucadimarzio.com